Asaldan tibbiyotda qadimdan dori-darmon sifatida foydalanilgan. Hozirgi farmasevtika sanoatida turli dori darmonlar ishlab chiqariladi.Asalning o’zi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. XX asrning 60 -yillaridan boshlab tibbiyotda asal bilan davolash usullari - apiterapia shakllandi. Asalning tarkibida juda ko’p vitaminlar va mikroelementlar bor. Asal tarkibida vitamin va mikroelementlarning borligi asalning sifatini, shifobaxshlik xususiyatini boyitadi. Asal kishi organizmiga beqiyos foydali bo’lganligidan hamma kasalliklarga davo hisoblanadi. Ibn Sino asalning shifobaxshligini o’rganib, turli xil kasalliklarni davolagan hamda bu borada o’zining qimmatli tavsiyalarini ham ishlab chiqqan.